Andijonda tadbirkor 1 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirladi
Andijon shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda YATT M.A. aholiga xizmat koʻrsatish binosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring