Afgʻon qozonlari ichiga yashirilgan qariyb 191 kg “gashish” fosh etildi

20:38 09 Aprel 2026 Jamiyat
313 0

Videodan kadr

Surxondaryo viloyatida 210 dona afgʻon qozonining ichiga qariyb 191 kilogramm “gashish” yashirganlar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Afgʻonistondan “Termiz avtoyoʻl” xalqaro oʻtkazish punkti orqali kirib kelgan, oldindan kuzatuvga olingan Denov shahrida yashovchi, 36 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Hyundai” rusumli yuk avtomashinasi chuqurlashtirilgan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgan.

Natijada, uning yukxonasida boʻlgan jami 750 dona afgʻon qozonlarining 210 donasi ichiga xufiyona tarzda yashirilgan, umumiy taxminiy ogʻirligi 190 kg 800 grammni tashkil etuvchi “gashish” moddasi borligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu afgʻon qozonlari ishlab chiqaruvchi tomonidan Markaziy Osiyo respublikalaridan biridagi xoʻjalik yurituvchi subyekt nomiga yuborilayotgan boʻlgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?