Hindiston noqonuniy migrantlarga qarshi gʻayrioddiy usulda kurashmoqchi
Hindiston hukumati Bangladeshdan kelayotgan noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish uchun gʻayrioddiy rejani amalga oshirishni koʻrib chiqmoqda. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, muhokama qilinayotgan rejada Hindistonga kelayotgan noqonuniy migrantlarni toʻxtatib qolish uchun chegara daryolarining chekka hududlarida koʻp uchrovchi xavfli sudralib yuruvchilardan foydalanish amaliyoti muhokama qilinmoqda.
“Bizdan chegara daryolarining qoʻriqlanmaydigan hududlarida ilon va timsoh kabi sudralib yuruvchilardan foydalanishni koʻrib chiqish soʻraldi. Bu yaxshi gʻoya, biroq xavfsizlik nuqtayi nazaridan koʻplab qiyinchiliklar tugʻdirishi mumkin”, — deydi chegara xavfsizligi kuchlari xodimi Manoj Barval.

Chegarachi xodimning taʼkidlashicha, rejani amalga oshirishdan avval timsohlar va ilonlarni qayerdan topish hamda ular chegara daryolari boʻylab yashovchilar uchun qanchalik xavf tugʻdirishini aniqlash lozim boʻladi.
“Biz boʻlinmalarimizdan rejaning amalga oshirilishi oqibatida kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oʻrganishni va imkon qadar tezroq hisobot taqdim etishni soʻradik”, — degan u.
Maʼlumot uchun, Hindiston va Bangladesh oʻrtasidagi chegara 4 ming kilometrdan ortiq uzunlikka ega boʻlib, u koʻplab daryolar, botqoqliklar va oʻrmonlarga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring