Taniqli shoir, publitsist va tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, adib, shoir, publitsist, tarjimon Qamchibek Kenja 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Qamchibek Kenja 1946-yil 15-avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning avval jurnalistika, soʻng filologiya fakultetlarini tamomlagan.
U 1980-yildan boshlab Yozuvchilar uyushmasida turli rahbar va masʼul lavozimlarda ishlagan. Adibning turli yillarda 30 dan ziyod sheʼriy va nasriy asarlari, sayohatnomalari chop etilgan.
Qamchibek Kenjaning el-yurt taraqqiyoti, adabiyot rivoji uchun qilgan xizmatlari davlat tomonidan yuksak eʼtirof etilgan. Xususan, u “Shuhrat” medali, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Shuningdek, unga 2014-yilda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining faxriy professori ilmiy unvoni berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring