Sportdagi ilmiy ishlar natija bersa olimlarga 100 mln soʻmdan mukofot beriladi

18:36 07 Aprel 2026 Siyosat
282 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Sport vazirligi va hokimlar oldiga joriy yilda yangi tizim orqali sport bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 2 karra oshirib, 1 million nafarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Xuddi futboldagi kabi “Besh tashabbus” musobaqasi va sport bilan doimiy shugʻullanuvchilar boʻyicha ham shaffof, raqamlashgan tizim qilish zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga sunʼiy intellekt yordamida sportchi va murabbiylarning natijasini tahlil qilib, mashgʻulotlar rejasini tuzadigan platforma yaratish topshirildi.

Sportdagi ilmiy ishlar bundan keyin faqat dolzarb muammolar yechimiga qaratilib, natijasi toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotga joriy qilinishi zarurligi taʼkidlandi. Endilikda olimlarning ilmiy ishi natija bersa, sportchilarning yutuqlari koʻpaysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga 100 million soʻmdan mukofot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?