Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida sportchilarni jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati boʻyicha tekshiruvlar asosan xorijda oʻtkazilayotgani, federatsiyalar sport shifokori, farmakolog va diyetologlarni yuqori maosh toʻlab, chetdan olib kelishga majbur boʻlayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Sportchilardagi suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar boʻyicha zamonaviy protokollar oʻzimizda joriy etilmayotgani, Travmatologiya, Kardiologiya, Terapiya markazlari federatsiyalar bilan hamkorlik qilmasligi boʻyicha eʼtiroz bildirildi.
Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi. Har oyda terma jamoa aʼzolarining sogʻligʻini diagnostika qiladi, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchining jismoniy yuklamasini ilmiy tahlil qilib, murabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi.
Yangi oʻquv yilidan Toshkent tibbiyot universitetida sport diyetologi, fiziologiya, psixologiya boʻyicha, Farmatsevtika institutida sogʻlom ovqatlanish boʻyicha mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Olimpiya shaharchasidagi Sport tibbiyoti ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanadi.
Shuningdek, mutasaddilarga sport mahsulotlarini mahalliylashtirish dasturini oʻz ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring