Oʻzbekistonda ish haftasi davomida biroz salqin harorat kuzatiladi

17:05 06 Aprel 2026 Jamiyat
338 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 6-10-aprel kunlari davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 6-aprel kuni kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 18-23 daraja, baʼzi joylarda 24-26 darajagacha boʻladi.

7-8-aprel kunlari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Harorat asosan kunduz kunlari 13-18 daraja boʻladi.

9-10-aprelda faqat respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25 darajagacha koʻtariladi. 6-7-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 24-26 daraja boʻladi. 7-8-aprelda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 7-aprelda shamol tezligi 12-14 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kunduzi 15-17 daraja boʻladi.

9-aprelda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. 10-aprelda esa yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 20-25 darajagacha koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?