Eronning energetika infratuzilmasiga qilinadigan hujumlar noqonuniy — Yevropa Ittifoqi
Illyustrativ foto
Yevropa Ittifoqi Eronning energetika infratuzilmasiga qilingan har qanday hujumni noqonuniy va qabul qilib boʻlmaydigan, deb hisoblaydi. Bu fikrlarni Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Koshta Eronga AQSHning tahdidlari fonida aytib oʻtdi.
Gap shundaki, oldinroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eronni Hoʻrmuz boʻgʻozini qayta ochishga chaqirib, aks holda seshanba kuni Eronda “koʻpriklar va elektr stansiyalari kuni” boʻlishi hamda eronliklar “doʻzaxda yashashlari” bilan tahdid qilgan edi.
“Fuqarolik infratuzilmasiga, xususan, energetika inshootlariga qilingan har qanday hujumlar noqonuniy va qabul qilib boʻlmaydi... Eronning tinch aholisi Eron rejimining harakatlarining asosiy qurbonidir. Agar harbiy kampaniya kengaysa, ular ham asosiy qurbon boʻlishadi”, — deya yozdi Koshta “X” ijtimoiy media platformasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring