Toshkentda bozor qorovullari mashinalarini kuchuklar ustiga haydadi

13:56 06 Aprel 2026 Jamiyat
162 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar fuqaro avtomashinalarini kuchuklarni ustiga haydayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 5-aprel kuni soat 23:00 larda Uchtepa tumanidagi bozorlarning birida qorovul boʻlib ishlovchi 1997-yilda tugʻilgan T.M. va 1996-yilda tugʻilgan M.D. oʻzlarining avtomashinalarini kuchuklar ustiga haydagan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 111-moddasi (“Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish”) alomatlari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?