Kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

17:55 05 Aprel 2026 Jamiyat
399 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 5-8-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5 va 8-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi, 6-7-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 5-7-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-6-aprelda 8-13 daraja, 7-8-aprelda 6-11 daraja, kunduzi 5-aprelda 20-25 daraja, 6 va 8-aprelda 15-20 daraja, 7-aprelda 12-17 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-7-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 8-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 5-7-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-7-aprelda 10-15 daraja, 8-aprelda 8-13 daraja, kunduzi 5-aprelda 23-28 daraja, 6 va 8-aprelda 15-20 daraja, 7-aprelda 13-18 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-7-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, 8-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7-aprelda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-7-aprelda 10-15 daraja, 8-aprelda 8-13 daraja, kunduzi 5-aprelda 20-25 daraja, 6-aprelda 18-23 daraja, 7-8-aprelda 13-18 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5 va 8-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi, 6-7-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 6-aprelda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-6-aprelda 12-17 daraja, 7-aprelda 10-15 daraja, 8-aprelda 8-13 daraja, kunduzi 5-aprelda 24-29 daraja, 6-aprelda 18-23 daraja, 7-aprelda 13-18 daraja, 8-aprelda 18-23 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 6-7-aprelda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-6-aprelda 12-17 daraja boʻladi, 7-8-aprelda 8-13 darajagacha pasayadi, kunduzi 5-aprelda 20-25 daraja, 6-aprelda 22-27 daraja, 7-8-aprelda 13-18 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-6-aprelda 5-10 daraja, 7-8-aprelda 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-aprelda 10-15 daraja, 6-aprelda 12-17 daraja boʻladi, 7-8-aprelda 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?