Toshkentdagi “Beshqoʻrgʻon” bozorida yirik yongʻin yuz bermoqda

17:22 05 Aprel 2026 Jamiyat
379 0

Videodan kadr

Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Beshqoʻrgʻon” bozorida yirik yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hodisa yuzasidan birlamchi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yoʻli koʻchasida joylashgan “Beshqoʻrgʻon” bozorida doʻkon yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, hozirda yongʻin oʻchirish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Yongʻin joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor A.Ikramov yetib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?