Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimi yangi tartib asosida tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 3-aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan Oliy taʼlimga oid idoraviy hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3807). Mazkur Nizom oliy taʼlim tizimini tashkil etish, taʼlim jarayoni, boshqaruv, moliyaviy munosabatlar hamda talabalar va pedagog xodimlarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Unga koʻra, oliy taʼlim bakalavriat va magistratura bosqichlarida amalga oshiriladi. Bakalavriat taʼlimi kamida 3-yil davom etadi. Oʻqish muddati:
• sirtqi taʼlimda – kamida 1-yilga,
• kechki taʼlimda – kamida yarim yilga uzaytiriladi.
Oliy taʼlim kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy, dual va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Taʼlim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida yoʻlga qoʻyilib, u Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS)ga moslashtiriladi.
Bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos boʻlishi uchun oʻquv dasturlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.
Talabalarni taʼlimga aloqador boʻlmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlariga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring