Eron Hoʻrmuz boʻgʻozini gumanitar yordam olib ketayotgan kemalar uchun ochdi
Eron Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali gumanitar yordam va birinchi ehtiyoj tovarlarini tashuvchi kemalar harakatiga ruxsat berdi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, oziq-ovqat mahsulotlari va gumanitar yuklarni tashuvchi kemalar uchun ushbu strategik suv yoʻlidan oʻtishga maxsus ruxsat berilgan. Shu bilan birga, Yaqin Sharqda AQSH va Isroil tomonidan olib borilayotgan operatsiyalar ortidan neft va suyultirilgan gaz yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan mazkur yoʻlak orqali kemalar harakati deyarli toʻxtab qolgan.
Bu holat jahonning koʻplab mamlakatlarida yoqilgʻi narxlarining oshishiga olib keldi. Hozirda Eron faqat oʻziga doʻst davlatlar kemalarigagina boʻgʻozdan oʻtishga ruxsat bermoqda. Ular qatoriga Rossiya, Xitoy, Hindiston, Iroq va Pokiston kiritilgan.
Voqealar fonida AQSH prezidenti Donald Tramp ayrim Yevropa va Osiyo davlatlarini boʻgʻozdagi harakatni tiklash uchun mintaqaga harbiy kemalar yuborishga chaqirdi. Biroq qator davlatlar bu taklifni qoʻllab-quvvatlamadi. Yaqinda Tehron arab va Osiyo davlatlari uchun Hoʻrmuz boʻgʻozidan foydalanish qoidalarini belgilashni nazarda tutuvchi “Hoʻrmuz pakti”ni ishlab chiqishni ham taklif qildi.
“Wall Street Journal” nashri maʼlumotiga koʻra, AQSH rahbariyati boʻgʻozni kuch bilan ochishga qaratilgan urinishlar harbiy mojarolarning yanada choʻzilishiga olib kelishi mumkin, degan xulosaga kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring