“Qoʻqon-1912” klubi jazolandi, 10 dan ortiq futbolchiga jarima yozildi

12:56 04 Aprel 2026 Jamiyat
345 0

Joriy yilning 1-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida maʼlumot berildi. Superliga:

“Qoʻqon-1912” – “Navbahor”

Superliga 4-turi doirasidagi Qoʻqon-1912 – “Navbahor” bahsi komissari bildirgisiga koʻra, “Qoʻqon-1912” futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda koʻplab kamchiliklarga yoʻl qoʻygani, jumladan, stadionda maydon chiziqlari uchrashuv startga 3 soat qolgan chizib tugatilgan, maydon maysasi 3,5–4 santimetrlar atrofida boʻlganligi, koʻchma televizion stansiya uchun Superliga reglamentida talab qilingan internet belgilangan tartibda va tezlikda taqdim etilmagani, stadion elektron reklama bannerlari kech yoqilgani, uchrashuv davomida infoteynment dasturi qoniqarsiz ijro etilgani va oʻyin oldidan Countdownʼda belgilangan reklama roliklari jamlanmasi faqatgina bir marta namoyish etilgani aniqlandi.

Qaror: Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan “Qoʻqon-1912” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qoʻllansin.

“Navbahor lochinlari” futbol klubi oʻyinoldi mashgʻulotlarni 3 daqiqa kech yakunlagani, klub vakili Baxtiyor Ismoilov uchrashuv komissari tomonidan ogohlantirilganiga qaramay, futbolchilar mashgʻulotga kech chiqib kelganini roʻkach qilib, ularni maydondan oʻz vaqtida chiqarmasligini bildirib, komissar faoliyatiga xalaqit bergani, natijada “Navbahor lochinlari” futbol klubi oʻyin oldidan tribunaosti tonnelga 3 daqiqa kech chiqqanligi va ushbu holatlar uchrashuvni 2 daqiqayu 40 soniya kech boshlanishiga sabab boʻlgani aniqlandi.

Qaror: “Navbahor” klubi vakili Baxtiyor Ismoilovga nisbatan jarima intizom chorasi.

“Qoʻqon-1912” futbol klubi murabbiyi Fevzi Davletov texnik hududda bir necha marotaba uchrashuv rasmiylariga keskin va namoyishkorona eʼtirozlarini bildirgan va bu bilan u Superliga reglamentining 15.29-bandini buzganligi aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan “Qoʻqon-1912” futbol klubi murabbiyi Fevzi Davletovga jarima intizomiy jazosi qoʻllansin.

“Qoʻqon-1912” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 83-daqiqasida “Qoʻqon-1912” futbol klubi futbolchisi Silvanus Nimeli oʻyin vaqtini sunʼiy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

Qizilqum – OKMK

Superliga 4-turi doirasidagi “Qizilqum” – OKMK uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra “Qizilqum” futbol klubi mezbonligida oʻtgan uchrashuvning 82-daqiqasida hamda uchrashuvdan soʻng “Qizilqum” futbol klubi muxlislari tomonidan maydonga va uning atrofidagi yordamchi hakamlarga yelim idishlar, har xil buyumlar uloqtirilgani, ushbu buyumlar maydon atrofidagi shaxslarga tekkani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi hamda “Qizilqum” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning T-20, A, B-2 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qoʻyish intizomiy jazosi qoʻllansin.

“Qizilqum” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 55-daqiqasida “Qizilqum“ futbol klubi futbolchisi Shahzod Turopov hakamning qaroriga eʼtirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

“Qizilqum” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 78-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Islom Kenjaboyev hakamning qaroriga eʼtirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizomiy jazosi

“Qizilqum” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 84-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi murabbiyi Akmal Rustamov hakamning qaroriga eʼtirozi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizomiy jazosi

“Xorazm” – “Bunyodkor”

Superliga 4-turi doirasidagi “Xorazm” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 40-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Sardor Rahmonov oʻyin vaqtini sunʼiy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

Superliga 4-turi doirasidagi “Xorazm” – “Bunyodkor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+1-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Federiko Botti oʻyin vaqtini sunʼiy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

“Buxoro” – “Dinamo”

Superliga 4-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 89-daqiqasida “Buxoro“ futbol klubi futbolchisi Ravshan Xayrullayev oʻyin vaqtini choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

Superliga 4-turi doirasidagi “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 87-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Xislat Xalilov simulyatsiya ishlatgani uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

“Neftchi” – “Lokomotiv”

Superliga 4-turi doirasidagi “Neftchi” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 82-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Izzatillo Poʻlatov oʻyin vaqtini sunʼiy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: ogohlantirish. Bu kabi holat takror sodir etilgan taqdirda jarima intizom chorasi qoʻllanilishi haqida ogohlantirilsin

“Nasaf” – “Surxon”

Superliga 4-turi doirasidagi “Nasaf” – “Surxon” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Nodirxon Neʼmatxonov oʻyin vaqtini sunʼiy ravishda choʻzganligi uchun unga sariq kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: jarima intizom chorasi

“Andijon” – “Mashʼal”

Superliga 4-turi doirasidagi “Andijon” – “Mashʼal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga koʻra uchrashuvning 12-daqiqasida “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Ibrohim Gʻanixonov toʻp uchun kurashda, katta tezlikda harakatlanib, raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka koʻrsatilgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Mashʼal” futbol klubi futbolchisi Ibrohim Gʻanixonovga nisbatan 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanilsin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?