Qrimda yana samolyot halokatga uchradi
Foto: РИА «Новости»
“Su-30” qiruvchi samolyoti Qrimda oʻquv parvozi paytida halokatga uchragan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Bugun, Moskva vaqti bilan soat 11:00 atrofida, Qrim Respublikasida rejalashtirilgan oʻquv parvozi paytida “Su-30” samolyoti halokatga uchradi. Samolyot oʻq-dorisiz uchayotgan edi», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlik qiruvchi samolyot ekipaji katapulta qilganini maʼlum qildi. Uchuvchilar qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan evakuatsiya qilingan va ularning hayoti xavf ostida emas.
Bu yaqinda Qrimda halokatga uchragan ikkinchi harbiy samolyot hisoblanadi. Shu yilning 31-mart kuni kechqurun respublika osmonida rejalashtirilgan parvoz paytida “An-26” harbiy transport samolyoti bilan aloqa uzilib qoladi. Keyin maʼlum boʻlishicha, havo kemasi qoyaga urilgan. Buning oqibatida uning bortida boʻlgan 23 yoʻlovchi va olti nafar ekipaj aʼzosi hayotdan koʻz yumgandi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, halokatga texnik nosozlik sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring