Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi

15:39 03 Aprel 2026 Jamiyat
296 0

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, zilzila bugun, 3-aprel kuni soat 15:26 da qayd etilgan. Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 269 kilometr janubiy-sharqda joylashgan. Uning magnitudasi 5,5 teng. Tebranish 10 kilometr chuqurlikda hosil boʻlgan.

Yer qimirlashining epitsentri Tojikistonda, koordinatalari esa 39,27 daraja shimoliy kenglik, 71,01 daraja sharqiy uzunlikda qayd etilgan.

Oʻzbekiston hududida sezilishi:

• Fargʻona viloyatida 3 ball, 140 kilometr;

• Namangan viloyatida 2 ball, 200 kilometr;

• Andijon viloyatida 2 ball, 203 kilometr;

• Sirdaryo viloyatida 2 ball, 234 kilometr;

• Toshkent viloyatida 2 ball, 257 kilometr;

• Toshkent shahrida 2 ball, 269 kilometr.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?