Dam olish kunlari baʼzi hududlarda yomgʻir yogʻadi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston hududida 4-5-aprel, dam olish kunlarida yogʻingarchilik kuzatilishi kutilmoqda.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, bugun kunduzi respublika boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
4-aprel, shanba kuni Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Fargʻona vodiysida, shuningdek, respublika janubidagi togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja boʻladi.
Yakshanba kuni respublika boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkent shahrida bugun yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja boʻladi. Shanba kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi kutilmoqda. Shamol 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 19-21 daraja boʻladi.
Yakshanba kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring