Namanganda tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan korxona masʼullari qoʻlga olindi
Tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan korxona masʼullari aniqlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish va “Z.B.” MCHJ qoʻshma korxonasi rahbarining murojaati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, korxonaning Namangan va Qoʻqon filiallari masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, 943,9 million soʻmlik alkogol mahsulotlarini belgilanmagan joylarda naqd pulga sotib, pullarni korxona hisob raqamiga kirim qilmasdan oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring