Toshkentda qariyb 2,5 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan sumalak sexi fosh qilindi (+video)
Toshkent shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura ishchi guruhi, “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumanida reyd oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tumanning “Guzarboshi” MFY Hurriyat koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Oʻ. oʻz yashash manzilida sumalak tayyorlash sexi tashkil qilib, tarmoqqa rezina shlang orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 442 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring