Oʻzbekistondagi qaysi soha xizmatlari eng tez oʻsayotgani aytildi

18:22 02 Aprel 2026 Iqtisodiyot
434 0

2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Xizmatlar turlari oʻsish surʼatlari boʻyicha taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich taʼlim sohasidagi xizmatlar hissasiga toʻgʻri kelib, 121,2 foiz oʻsish qayd etilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 120,8 foiz oʻsish koʻrsatkichiga erishgan moliyaviy xizmatlar ikkinchi pogʻonada, 119,8 foizlik koʻrsatkich bilan savdo xizmatlari uchinchi pogʻonadan oʻrin olgan.

Shuningdek, yanvar-fevral oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 117,7 foiz, meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar 115,9 foiz, koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar 115,5 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 114,9 foiz, ijara xizmatlari 112,8 foiz, kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar 111,6 foiz, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar 109,7 foiz, shaxsiy xizmatlar 109,1 foiz, transport xizmatlari 108,3 foiz hamda boshqa xizmatlar 113,1 foizga koʻtarilish qayd etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?