Maktablar soni boʻyicha qaysi viloyat yetakchilik qilmoqda?

17:56 02 Aprel 2026 Jamiyat
416 0

Oʻzbekistonda 2025/2026 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mavjud umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Samarqand viloyatida qayd etilib, hududda 1 350 ta maktab roʻyxatga olingan. Undan keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo viloyati 1 294 ta maktab bilan ikkinchi, 1 119 ta maktab mavjud Fargʻona viloyati esa uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 771 ta, Andijonda 834 ta, Buxoroda 596 ta, Jizzaxda 598 ta, Navoiyda 387 ta, Namanganda 783 ta, Surxondaryoda 1 003 ta, Sirdaryoda 345 ta, Toshkent viloyatida 935 ta, Xorazmda 600 ta hamda Toshkent shahrida 503 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxatga olingan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich avvalgi oʻquv yiliga nisbatan 175 taga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?