Toshkentda 13 yoshli qizni avtobus urib yubordi

17:39 02 Aprel 2026 Jamiyat
337 0

Videodan kadr

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 13 yoshli piyodani avtobus urib yubordi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 2-aprel kuni soat 12:41 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli koʻchasida 51 yoshli M.A. MAN rusumli avtobusni boshqarib kelib, yoʻlni qatnov qismidan kesib oʻtayotgan 13 yoshli qizni urib yuborgan.

“Toshshahartransxizmat” AJ xabariga koʻra, YTH “Biznesni rivojlantirish” banki qarshisida tartibga solingan piyodalar oʻtishi uchun moʻljallangan joyidan tashqari harakat qatnov qismida sodir boʻlgan. Voqea 13 yoshli R.Z. yoʻlni svetoforning qizil chirogʻida yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmasdan yugurib kesib oʻtishga uringani ortidan yuz bergan.

Shundan soʻng, haydovchi M.A. jabrlanuvchi R.Z.ga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib zudlik bilan tez yordamga xabar bergan. Voqea joyiga kelgan tez tibbiy yordam brigadasi piyoda Z.R.ni 16-sonli RSHTTYOIMga olib borgan. Shifokorlarning birlamchi maʼlumotiga koʻra piyodaga bosh miya chayqalishi tashxisi qoʻyilgan boʻlib, ayni vaqtda u shifokorlar nazoratida.

Sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?