Jomboyda 6,4 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagan “zapravka” fosh qilindi
Jomboy tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Jamiyat Metrologik taʼminot boshqarmasi, “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida xatlov oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu AGTKSHda oʻzboshimchalik bilan loyiha-texnik hujjatlaridan tashqari ortiqcha kompressor oʻrnatilgani va hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 6 milliard 480 million soʻmlik zarar qayd etilgan. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring