Tramp Erondagi urush tez orada tugashini maʼlum qildi

16:18 01 Aprel 2026 Dunyo
347 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy operatsiya kelgusi haftalar ichida tugashi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Qoʻshma Shtatlar rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakat harbiylari ikki-uch hafta ichida oʻz vazifasini bajaradi. Shundan soʻng, AQSH oʻz kuchlarini ortga qaytara boshlaydi.

“Men qilishim kerak boʻlgan narsa — Erondan chiqib ketish. Biz buni tez orada bajaramiz. Ishimizni tugatgach Eron qulaydi”, — degan Oq uy rahbari.

Donald Tramp “ishni tugatish” jumlasiga tarif berar ekan, Eronda mavjud hamma narsani yoʻq qilish niyatida ekanini aytgan. Shuningdek, u Tehron bilan ehtimoliy muzokaralar unchalik ahamiyat kasb etmasligini, aksincha, Eronni uzoq vaqt davomida yadroviy qurol ishlab chiqara olmaydigan darajada zaiflashtirish masalalari koʻrib chiqilayotganini qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?