Navoiy xalqaro aeroportida TIR Park faoliyati yoʻlga qoʻyildi
Navoiy xalqaro aeroporti hududida yuk tashuvchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda logistika infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi TIR Park xizmatining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
— Mazkur loyiha mamlakatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 2-fevral kuni oʻtkazilgan taqdimot yigʻilishi hamda 9-fevral kuni Respublika Prezidentining “Navoiy xalqaro aeroporti faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda, — deydi “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ direktori Alisher Qlichev. — TIR Park Oʻzbekiston hududi boʻylab bojxona kuzatuvi ostida harakatlanayotgan yuk avtomobillari uchun kunning kechki qismida xavfsiz va qulay toʻxtab dam olish maskani sifatida xizmat qiladi.
TIR Park hududi bir vaqtning oʻzida 50 ta yuk avtomobilini qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlib, zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlangan.
Haydovchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida aeroport hududidagi mehmonxona qayta taʼmirlanib, arzon va qulay tariflar joriy etildi. Shuningdek, 24 soat faoliyat yuritadigan umumiy ovqatlanish xizmati yoʻlga qoʻyilib, milliy va Yevropa xalqlari taomlari tayyorlash tajribasiga ega oshpazlar jalb etildi.
Yuqori darajadagi xavfsizlikni taʼminlash maqsadida hudud toʻliq videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan. Bojxona xodimlari uchun alohida dam olish xonalari tashkil etilgan boʻlib, ular sutkaning istalgan paytida xizmat koʻrsatishi mumkin.
Tadbirda ishtirok etganlar mazkur loyiha hududda logistika tizimini takomillashtirish, yuk tashuvchilar uchun qulay sharoit yaratish hamda transport infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanishini taʼkidladilar.
— Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilangan vazifalar ijrosining toʻliq taʼminlanishi aeroportning global bozor konyukturasiga hozirjavobligi va uning raqobatbardoshligini oshiradi, — dedi Navoiy viloyat hokimi oʻrinbosari Elbek Gʻafforov. — Bundan tashqari 300dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilib, hududning sayyohlik jozibadorligini oshirish va turizm infratizimi kengayishiga zamin hozirlaydi. Bu esa oʻz-oʻzidan aholi farovonligi oshishi garovi hamdir.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring