Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaat bilan chiqdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamiyat taraqqiyotiga jiddiy toʻsqinlik qiluvchi korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratilganini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha “favqulodda holat” eʼlon qilinib, ushbu yoʻnalishda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan fuqarolar korrupsiyaviy holatlarga duch kelgan taqdirda befarq boʻlmaslikka chaqirilmoqda. Bunday holatlar haqida Bosh prokuraturaning “1161” raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, prokuratura organlari, jumladan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish yoki boshqa korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida ham xabar berish imkoniyati mavjud.
Bosh prokuraturaga koʻra, kelib tushgan murojaatlar tezkor tartibda koʻrib chiqiladi va murojaat etuvchining shaxsi oshkor etilmasligi kafolatlanadi. Idora fuqarolarni halollik va adolat tamoyillariga sodiq qolgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring