AQSH hukumati xorijliklarning boshpana soʻrab qilgan murojaatlarini koʻrib chiqishni qisman tiklaydi
AQSH hukumati xorijliklarga boshpana berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishni qisman tiklaydi. Ushbu jarayon oʻtgan yilning noyabr oyida Vashington markazida migrantning Milliy gvardiya askarlariga qilgan hujumidan soʻng toʻxtatib qoʻyilgan edi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining taʼkidlashicha, AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati yuqori xavf guruhiga kirmaydigan mamlakatlardan kelgan va puxta tekshiruvdan oʻtgan boshpana izlovchilarning ishlarini koʻrib chiqishga qoʻyilgan sud taqiqini bekor qilgan.
Biroq, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining 39 ta davlati fuqarolari uchun AQSHga kirishga qoʻyilgan toʻliq yoki qisman taqiq oʻz kuchida qoladi.
Qayd etilishicha, qoidalarning yumshatilishi mavjud resurslarni yuqori xavf tugʻdiruvchi holatlarni yanada sinchiklab tekshirishga yoʻnaltirish imkonini beradi. Shu bilan birga, Ichki xavfsizlik vazirligi har bir xorijlikni toʻliq tekshiruvdan oʻtkazishda davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring