Jizzaxda elektr simyogʻoch qulashi oqibatida chorva mollari nobud boʻldi
Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida elektr simyogʻochi qulashi oqibatida qoramollar halok boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali mazkur hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea Forish tumani “Garasha” qishlogʻi hududida yuz bergan. Oqibatda murojaatchi fuqaroning uch bosh chorva moli nobud boʻlgan.
Ushbu holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali hamda tuman elektr taʼminoti boʻlimi masʼullari zarar koʻrgan fuqaro ishtirokida bevosita voqea joyiga chiqib, vaziyatni oʻrganib chiqqan.
Aniqlanishicha, hududdagi surunkali yomgʻir va kuchli shamol natijasida elektr tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan. Mazkur avariyaviy holat tuman elektr taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilib, hozirda hududda elektr energiyasi uzatilishi toʻliq tiklangan.

Shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida ushbu qishloqda rejali ravishda yangi temir-beton ustunlar oʻrnatish va tarmoqlarni yangilash ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Bildirilishicha, fuqaroning chorva mollari nobud boʻlishi bilan bogʻliq moddiy zararni qoplash masalasi boʻyicha amaldagi qonunchilikka muvofiq, koʻrilgan haqiqiy zararni baholash va uni undirish masalalari vakolatli sud organlari tomonidan hal etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring