Oʻzbekistonda uchta yangi milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 25-mart kuni Prezidentning “Ovjazsoy – Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish va “Pop” milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–109-son qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Toshkent viloyatida quyidagilar tashkil etiladi:
• Ohangaron tumanidagi Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligining “Ovjazsoy” uchastkasidagi 9,2 ming gektar yer maydonida “Ovjazsoy – Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻi;
• Boʻstonliq tumanidagi Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligining 156,7 ming gektar yer maydonida “Piskom” milliy tabiat bogʻi.
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston va Soʻx tumanlaridagi 13,9 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Fargʻona va Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaliklarining 8,9 ming gektar yer maydonlari hisobiga umumiy maydoni 22,9 ming gektardan iborat “Fargʻona” milliy tabiat bogʻi tashkil etiladi.
Namangan viloyati Mingbuloq va Pop adirliklarida 33,6 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligining 91,2 ming gektar yer maydoni hisobiga “Pop” milliy tabiat bogʻi hududi 125,3 ming gektarga kengaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring