Erondagi qizlar maktabiga qilingan hujumda AI ayblanmoqda. Asl haqiqat esa bundan ham tashvishliroq
AQSH kuchlari 2026-yil 28-fevral kuni Eron janubidagi Minab shahrida joylashgan qizlar maktabiga zarba berdi. Hujum dars jarayonida, kamida ikki marta amalga oshirilgan. Oqibatda 175–180 nafar inson halok boʻlgan boʻlib, ularning aksariyati 7–12 yoshli qizlar boʻlgan.
Hodisadan soʻng ommaviy axborot vositalarida nishonni tanlashda “Anthropic” kompaniyasi ishlab chiqqan “Claude” chatboti ishtirok etgan-etmagani muhokama qilindi. Biroq maʼlum boʻlishicha, nishonlarni aniqlash jarayoni “Claude” emas, balki “Maven” nomli harbiy tahlil tizimi orqali amalga oshirilgan. Mazkur platforma sunʼiy intellekt yordamida sputnik tasvirlari, sensorlar va razvedka maʼlumotlarini birlashtirib, nishonlarni aniqlash va zarba berish qarorlarini tezlashtirishga xizmat qiladi.

CNN maʼlumotlariga koʻra, zarba berilgan bino AQSH Mudofaa razvedkasi agentligi bazasida harbiy obyekt sifatida qayd etilgan. Biroq bu maʼlumot yangilanmagan: bino 2016-yildan kechikmay harbiy hududdan ajratilib, maktabga aylantirilgan. Mutaxassislarning fikricha, fojiaga sunʼiy intellekt emas, balki eskirgan maʼlumotlar bazasi va qaror qabul qilish jarayonining ortiqcha tezlashtirilgani sabab boʻlgan.
“Maven” tizimi avval minglab tahlilchilar tomonidan bajarilgan vazifalarni ancha kam sonli mutaxassislar yordamida amalga oshirish imkonini bergan. Masalan, 2003-yilgi Iroq urushida nishonlarni aniqlash jarayonida taxminan 2000 kishi ishtirok etgan boʻlsa, “Scarlet Dragon” harbiy mashqlari davomida shu hajmdagi ishni “Maven” orqali 20 nafar harbiy bajargan. 2024-yilga kelib tizim soatiga 1000 ta nishon boʻyicha qaror qabul qilish imkoniyatiga ega ekani aytilgan.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, bunday tizimlar qaror qabul qilish tezligini oshirsa-da, xatolarni oʻz vaqtida aniqlash imkoniyatini qisqartirishi mumkin. Mazkur holat sunʼiy intellekt xatosi emas, balki insonlar tomonidan qabul qilingan strategik qarorlar va nazorat mexanizmlarining yetarli darajada ishlamagani bilan bogʻliq ekanini koʻrsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring