Oʻzbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

13:05 27 Mart 2026 Jamiyat
318 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 27-29-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, bugun kunduzi Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati 25-30 daraja iliq atrofida boʻladi.

Dam olish kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Harorat foni biroz pasayadi.

Shanba kuni shimoli-gʻarbiy hududlarda va choʻl zonasida, yakshanba kuni esa respublikaning barcha hududlari boʻyicha kunduzgi havo harorati 20-25 daraja iliqni tashkil etadi. Harorat kechalari 12-17 daraja iliq atrofida boʻladi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun va ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27-29 daraja iliq boʻladi. Yakshanba kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, shamol 10-12 metr/sekund tezlikda kuchayishida momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 21-23 daraja iliq boʻladi. Harorat asosan kechalari 13-15 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?