FIFA JCH-2026 qoidalariga bir qator oʻzgartirishlar kiritadi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi jahon chempionatida qoidalarga oʻzgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Chempionat” nashri.
Unga koʻra, almashtirilgan oʻyinchi maydonni tark etishi uchun koʻpi bilan 10 soniya vaqt beriladi. Agar u ushlanib qolsa, uni almashtirish bir daqiqaga kechiktiriladi va jamoa vaqtincha kamchilikda qoladi.
Toʻpni yondan tashlash (aut) va darvozadan toʻp kiritishda besh soniyalik taymer qoʻllaniladi. Ushbu vaqtdan oshib ketish toʻpga egalik qilish huquqini yoʻqotishga olib keladi.
Maydonda tibbiy yordam olayotgan oʻyinchi maydonni tark etishi va qaytishdan oldin bir daqiqa kutishi kerak boʻladi. Bu qoida faqat jarohat kartochka bilan jazolangan qoidabuzarlik tufayli yetkazilmagan holatlarga tegishli.
VAR tizimi qizil kartochkaga olib keladigan ikkinchi sariq kartochkalarni, shuningdek, xato belgilangan burchak toʻplarini qayta koʻrib chiqish imkoniyatiga ega boʻladi.
Bundan tashqari, faqat jamoa sardori tushuntirish soʻrash uchun hakamga yaqinlashishi mumkinligi haqidagi qoidani kuchaytirish rejalashtirilgan. Boshqa oʻyinchilarga bunday holatda sariq kartochka koʻrsatilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring