Toshkentda 290,5 mln soʻmlik tillani oyoqlari ostida olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Foto: DXX
Toshkent xalqaro aeroportida 290,5 mln soʻmlik tillani oyoqlari ostiga yashirib, noqonuniy olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXX Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda xorijdan uchib kelgan 46 yoshli chet el fuqarosi xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan oʻtkazilgan.
Natijada u umumiy qiymati 290 mln 516 ming soʻmni tashkil qiluvchi, sof ogʻirligi 226 gr boʻlgan tilla buyumlarni oyoqlari ostiga yashirgan holda, bojxona nazoratidan olib oʻtganligi aniqlangan. Shundan soʻng ushbu zargarlik mahsulotlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan xorijiy davlat fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring