Tramp Eron yadro qurolini ishlab chiqishdan voz kechishga rozi boʻlganini maʼlum qildi
Eron AQSHning yadro qurolini ishlab chiqishdan voz kechish boʻyicha shartlariga rozi boʻldi. Bu haqda Amerika yetakchisi Donald Tramp maʼlum qildi, uning soʻzlarini RBK keltirmoqda.
— Hammasi ularda yadro quroli boʻlishi mumkin emasligidan boshlangan edi. Men kecha [kelishuvning] oʻnta asosiy bandi nimalardan iborat ekanligini aytgandim. Birinchi, ikkinchi va uchinchi band — ularda yadro quroli boʻlishi mumkin emas. Va ularda bu qurol boʻlmaydi ham. Men oldindan gapirishni istamayman, lekin ular hech qachon yadro quroliga ega boʻlmaslikka rozi boʻlishdi. Ular bunga rozilik berishdi, — dedi respublikachi jurnalistlarga.
Bundan oldin Tramp AQSH Eron bilan “juda samarali muzokaralar” oʻtkazganini va koʻplab asosiy bandlar boʻyicha kelishuvga erishilganini bildirgan edi.
Xorijiy OAVlarning qayd etishicha, Vashington Tehrondan jami oltita band boʻyicha rozilik talab qilmoqda. Ularning orasida raketa dasturini besh yilga toʻxtatib turish (muzlatish), uranni boyitishni nol darajaga tushirish, Natanz, Isfaxon va Fordodagi yadroviy obyektlarni foydalanishdan chiqarish, uranni boyitish uchun sentrifugalar va ularga tegishli uskunalarni yaratish hamda ulardan foydalanish ustidan qatʼiy xalqaro kuzatuv protokollarini joriy etish kabi shartlar bor.
Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon esa mamlakat AQSH bilan hech qanday muzokaralar olib bormayotganini taʼkidladi. Uning qayd etishicha, agar AQSH va Isroil Eronning qonuniy huquqlarini tan olsa, reparatsiya (tovon puli) toʻlasa va kelgusidagi tajovuzlardan xalqaro kafolatlar bersagina Yaqin Sharqdagi urush tugaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring