Eron oʻz tarixidagi eng yirik banknotani muomalaga chiqardi
Eron Markaziy banki mamlakat tarixida ilk bor 10 million rial nominaldagi banknotani muomalaga chiqardi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bergan.
Yangi banknota qiymati hozirgi kurs boʻyicha 7 AQSH dollaridan biroz koʻproqni tashkil etadi. Bu esa milliy valyutaning qadrsizlanishi fonida eng yirik nominal sifatida qayd etilmoqda.
Markaziy bank rasmiylariga koʻra, ushbu qaror aholining naqd pulga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qabul qilingan. Shuningdek, mamlakatda elektron toʻlov tizimlari va onlayn banking xizmatlari barqaror ishlayotgani qoʻshimcha qilingan.
Yangi banknotaning chiqarilishi Eronda naqd pulga talab keskin oshgan bir paytga toʻgʻri kelmoqda. Aholi elektron tizimlar izdan chiqishi mumkinligidan xavotirlanib, ommaviy tarzda bank hisoblaridan pul yechib olishga urinmoqda. Banklar oldida uzoq navbatlar yuzaga kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring