2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi
2026-yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davridagidan 43 foizga koʻpaydi.
Energetika vazirligi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, kecha, 20-mart kuni Oʻzbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2 mlrd kVt⋅soatga yetgan.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt boʻlgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda 5 ta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda. Maʼlumot uchun, mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanila boshlangan 2022-yilda Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 434 mln kVt⋅soat, 2023-yilda esa 576,9 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
2024-yilda 9 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan jami elektr energiyasi hajmi 4 mlrd 860 mln kVt·soatni tashkil qilgan boʻlsa, 2025-yilda barcha quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10,5 mlrd kVt⋅soatga yetgan.
Shuningdek, 2026-yil boshidan kecha, 20-mart kuni holatiga quyosh fotoelektr stansiyalari tomonidan 959,2 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyalari tomonidan esa 1 mlrd 56,2 mln kVt⋅soat, jami 2 mlrd 15,4 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Joriy yilning, 13-fevral kuni quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2026-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 1 mlrd kVt⋅soatni tashkil qilgan edi. 2026-yilning boshidan quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 2025-yilning mos davridagiga nisbatan 610,7 mln kVt·soat yoki 43 foizga koʻp elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Buning natijasida, 537 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilgan hamda atmosferaga 1 mln 158 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olingan. Joriy yil boshidan kecha, 20-mart kuni holatiga Oʻzbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalar va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 160 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Buning natijasida, 839 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilgan. Natijada atmosferaga 1 mln 808 ming tonnadan ortiq zararli moddalar chiqishining oldi olingan. Mazkur hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 5,2 mln xonadonning 3 oylik yoki 1,3 mln xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring