Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelajak yarataylik — Shavkat Mirziyoyev

10:19 21 Mart 2026 Siyosat
283 0

Davlatimiz rahbari butun Oʻzbekiston xalqiga murojaat qildi.

«Azizlar, qarang, qanday goʻzal yurtimiz, qanday saxovatli zaminimiz, betakror tabiatimiz bor! Bu bebaho boyliklarni ming yillar osha asrab-avaylab kelayotgan mehnatkash, oq koʻngil va olijanob xalqimiz bor.

Xudo bizga ato etgan yer-suvimizni, barcha imkoniyatlarimizni qadrlab, ulardan oqilona foydalansak, bir boyligimizga, albatta, oʻn boylik qoʻshiladi.

Shu bois, azaliy anʼanalarimizni davom ettirib, koʻchat ekib, bogʻ yarataylik, uyimiz, mahallamizni obod qilib, hayotimizni yanada goʻzal va farovon etaylik!

Yaxshi qoʻshnichilik, ahillik bilan, ezgu va savob ishlarimiz bilan bagʻrikeng el, oʻz mashaqqatli mehnatimiz bilan baxt va obroʻ topayotgan xalq ekanimizni dunyoga namoyon etaylik!

Oʻgʻil-qizlarimiz zamonaviy bilim, til va kasblarni egallab, barkamol avlod boʻlib safimizga kirsin!

Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot, yangi tarix, yangi kelajak yarataylik!».

Davlatimiz rahbari soʻzining yakunida yana bir bor Navroʻzi olam bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?