Toshkentdagi qurilishda yana daraxt kesib tashlangani aniqlandi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulugʻbek tumani Feruza koʻchasida joylashgan 9-, 11- va 13-sonli koʻp qavatli uylar oraligʻida olib borilayotgan qurilish hududida daraxtlar yoʻq qilinganligi mazmunda murojaat tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasining Mirzo Ulugʻbek tumani inspektori tomonidan joyiga chiqib oʻrganish ishlari olib borildi.
Maʼlum qilinishicha, oʻrganishlar natijasida katlavan qazish vaqtida 1 tup shumtol daraxti agʻdarib tushgani hamda 1 tup archaning ildiz qismiga zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 300 000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan hamda tabiatga yetkazilgan zarar sifatida 14 832 000 soʻm undirilishi belgilangan.
Shuningdek, ushbu holat yuzasidan toʻplangan barcha hujjatlar va materiallar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda huquqiy baho berish uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245-moddasi 3-qismiga muvofiq Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring