Tailandda yana bir oʻzbekistonlik YTH qurboni boʻldi
Tailandning Pxuket orolida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi, yana toʻrt nafari turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Rossiyaning Pxuket provinsiyasidagi bosh konsuliga tayanib, TASS maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 18-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:10 atrofida sayyohlarni olib ketayotgan mikroavtobus yoʻlda boshqaruvni yoʻqotib, elektr uzatish ustuniga borib urilgan. Avtomobilda jami 12 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Hodisa oqibatida bir nafar oʻzbekistonlik voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, yana 4 nafar Oʻzbekiston fuqarosi jarohat olgan va ular tibbiyot muassasalariga yetkazilgan. Yoʻlovchilarning qolgan 8 nafari Rossiya fuqarosi boʻlib, ular ham turli darajada jabrlangan. Ulardan uch nafari shifoxonada qolayotgani, ikki nafarining ahvoli ogʻir ekani aytilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mikroavtobus haydovchisi oldinda ketayotgan yuk mashinasi keskin tormoz bergani sabab boshqaruvini yoʻqotgan. Ayni paytda Tailand huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha tergov ishlarini olib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, bugun, 18-mart kuni Bangkok shahrida yuz bergan avtohalokatda ham bir nafar oʻzbekistonlik vafot etgan edi. Shuningdek, turli tan jarohati olgan yana uch nafar Oʻzbekiston fuqarosiga tezkor tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonadan javob berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring