Quyoshda yangi yirik koronal teshik paydo boʻldi
Rossiya fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi olimlari Quyoshda yangi koronal teshik shakllana boshlaganini maʼlum qildi. Mutaxassislarga koʻra, ushbu teshik 14-mart, shanba kunidan boshlab Yerga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Laboratoriyaning qayd etishicha, hozirda Quyoshda yangi koronal teshik deyarli shakllanib boʻlgan. Shu vaqtga qadar kosmik ob-havo deyarli tinch boʻlishi kutilmoqda. Olimlar 10-mart kuni geomagnit vaziyat sokin boʻlishini, Quyoshdagi chaqnash faolligi esa biroz yuqorilashini taxmin qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, yarim tun atrofida C7.8 darajasidagi chaqnash qayd etilgan. Bu 25-fevraldan beri kuzatilgan eng kuchli chaqnash hisoblanadi. Biroq u Quyoshning chap chekka qismida sodir boʻlgani sababli geomagnit taʼsir keltirib chiqarmasligi taʼkidlanmoqda.
Shu bilan birga, geomagnit Kp indeksi 2–3 ball oraligʻida boʻlib, bu koʻrsatkichlar faqat biroz oshganini anglatadi. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, bugun geomagnit bezovtalik ehtimoli 20 foizni, kuchsiz magnit boʻronlari ehtimoli esa 7 foizni tashkil etadi. Ertaga va 12-mart kuni bu koʻrsatkichlar mos ravishda 10 va 3 foizga tushishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring