Eronda aholi kislotali yomgʻir yogʻishi haqida ogohlantirildi
Avvalroq Eron milliy neftni qayta ishlash va tarqatish kompaniyasi Tehron va Alborz hududlaridagi neft omborlari aviahujumga uchraganini maʼlum qilgan edi. Mamlakat Qizil Yarim Oy jamiyati aholini hujumlardan keyin havoga koʻp miqdorda toksik moddalar chiqishi tufayli kislotali yomgʻirlar yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, neft omborlari portlaganda atmosferaga uglevodorodlar, oltingugurt va azot oksidlari kabi zararli birikmalar katta miqdorda chiqadi. Agar bunday vaziyatda yomgʻir yogʻsa, suv tomchilari mazkur moddalar bilan aralashib, oʻta kislotali xususiyat kasb etadi.
Bunday yomgʻir teriga tushganda kimyoviy kuyishlarga, nafas yoʻllari orqali kirganda esa oʻpkaga jiddiy zarar yetishiga sabab boʻlishi mumkin. Shu sababli Qizil Yarim Oy jamiyati aholini, yogʻingarchilik kuzatilsa, imkoni boricha uydan chiqmaslikka chaqirdi.
Agar kishi koʻchada boʻlsa, yomgʻirdan yopiq joyda panalanishi tavsiya etiladi. Yomgʻir tomchilari teriga tekkan holda esa u yerni ishqalamaslik, aksincha toza suv bilan yaxshilab yuvish lozim — bu kimyoviy moddalarning teriga singish xavfini kamaytiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring