Shavkat Mirziyoyev Zulfiya mukofoti sovrindorlarini taqdirladi

16:59 06 Mart 2026 Siyosat
734 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bayram arafasida Prezident farmoni bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan ayollarimizdan bir guruhi davlatimizning yuksak unvon, orden va medallariga, oʻqish va ijodda, ilm-fan, sport va jamoat ishlarida faol boʻlib kelayotgan qizlarning yana 28 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻldi.

Bugungi tadbirda ushbu mukofotlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.

“Mashaqqatli, halol mehnatimiz bilan butun dunyoning eʼtirofi va hurmatiga sazovor boʻlmoqdamiz. Eng muhimi, har bir soha va tarmoqda Yangi Oʻzbekiston maktabi shakllanmoqda.

Biz uchun bugungi oʻta ogʻir va murakkab zamonda oldimizga qoʻygan ulkan marralarni egallashda yanada birlashib, hamjihat boʻlib mehnat qilish har qachongidan ham muhim vazifadir.

Yangi Oʻzbekistonning ayollari hayotdan rozi boʻlib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – mening eng katta niyatim.

Ishonchim komil, sizdek fidoyi, shijoatli, mehnatkash ayollarimiz, butun xalqimiz bilan birga ezgu maqsadlarimizga albatta erishamiz!”, dedi Prezidentimiz soʻzining yakunida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?