Toshkentda tumangaz filiali boʻlim boshligʻi qoʻlga olindi
Yakkasaroy tumanida oilaviy korxona binosining gaz hisoblagich uskunasini almashtirib berishni vaʼda qilgan boʻlim boshligʻi ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, “Yangihayot tumangaz” gaz taʼminoti filialida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlovchi E.P. “Q-M.” oilaviy korxonasiga qarashli kafeda oʻrnatilgan gaz hisoblagich uskunasini, yuqori sigʻimli gaz hisoblagich uskunasiga almashtirib, texnik shartlarni tayyorlab berishi evaziga fuqaro A.O.dan 101 million soʻm talab qilgan.
Shundan soʻng, qonunbuzar shaxs kelishilgan pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring