Erondagi mojaro sabab fuqarolarimizni evakuatsiya qila olmaymiz — Germaniya TIV

14:15 02 Mart 2026 Dunyo
425 0

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli Fors koʻrfazi hududida boʻlib turgan minglab Germaniya fuqarolarini harbiy yoʻl bilan evakuatsiya qilish imkonsiz ekanini maʼlum qildi.

“Havo hududi toʻliq yopilgani sababli evakuatsiya amalga oshirishning imkoni yoʻq. Biz buni qila olmaymiz”, — degan Germaniya TIV.

Hozirgi vaqtda Fors koʻrfazi hududida boʻlib turgan germaniyalik sayyohlar qachon vatanlariga qaytishi nomaʼlum. Germaniya turoperatorlari assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, mintaqada qolib ketgan Germaniya fuqarolari soni taxminan 30 ming nafarni tashkil etadi.

Mamlakat tashqi ishlar vazirligi barcha diplomatik vakolatxonalar faoliyatini davom ettirayotganini bildirib, fuqarolarga zarur maʼlumotlarni yetkazish boʻyicha ishlar kuchaytirilganini taʼkidlagan.

“Vaziyat xavfli boʻlib qolishi hech kimga sir emas edi. Barchamiz bu mojaro uzoq davom etishiga tayyor boʻlishimiz kerak”, — deb qoʻshimcha qilgan Vadeful.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?