Baxtiyor Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan ham telefon orqali suhbatlashdi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Isʼhoq Dor janoblari bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Suhbat davomida Pokiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi soʻnggi vaziyat yuzasidan fikr almashdik. Vazminlikni saqlash va vaziyatni yanada keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligini taʼkidladik”, — deya taʼkidladi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, muloqot davomida mavjud qarama-qarshilikni yumshatish va barqarorlikni taʼminlash maqsadida oʻzaro ishonch hamda izchil muloqotning ahamiyati zarurligi alohida qayd etildi.
Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan telefon orqali konstruktiv muloqot oʻtkazgani toʻgʻrisida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring