Eron oliy rahnamosi tirik – Aroqchi

19:47 28 Fevral 2026 Dunyo
1214 0

Internetda Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy bugun, 28-fevral kuni Isroil hamda AQSH tomonidan qilingan hujum oqibatida halok boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ushbu xabarlarni rad etib, oliy rahnamo tirik ekanini bildirdi.

“Bilishimcha, oliy rahnamo tirik. Sud hokimiyati rahbari, parlament spikeri, barcha yuqori lavozimli amaldorlar va Milliy xavfsizlik kengashi kotibi ham tirik. Hozirda hamma oʻz joylarida”, — degan Abbos Aroqchi.

Avvalroq, turli ommaviy axborot vositalarida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning Tehrondagi qarorgohi Isroil zarbalari oqibatida vayron boʻlgani aks etgan suratlar tarqalgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер