2025-yilda oʻzbekistonliklar maishiy texnika taʼmiri uchun 14,4 trln soʻm sarfladi

17:54 28 Fevral 2026 Iqtisodiyot
506 0

2025-yilda Oʻzbekistonda kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi qariyb 14,4 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 838,8 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati – 987,4 mlrd soʻm;
  • Buxoro viloyati – 796,5 mlrd soʻm;
  • Jizzax viloyati – 468,2 mlrd soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 1,4 trln soʻm;
  • Navoiy viloyati – 344,3 mlrd soʻm;
  • Namangan viloyati – 1,1 trln soʻm;
  • Samarqand viloyati – 1,8 trln soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 781,7 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 254,4 mlrd soʻm;
  • Toshkent viloyati – 1,5 trln soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 1,5 trln soʻm;
  • Xorazm viloyati – 995,1 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahri – 1,7 trln soʻm.

Qoʻmita maʻlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yil bilan solishtirilganda 20,7 foiz oʻsish qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?