Maktab oʻquvchisi BMW'da urib ketgan YPX inspektori vafot etdi
Avvalroq Toshkent shahri Mirobod tumanida maktab oʻquvchisi BMW avtomobilini boshqarib, YPX inspektorini urib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xodimga koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u vafot etganini maʼlum qildi.
Xabar qilinishicha, Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant Xosilbek Eshnazarov joriy yilning 25-fevral kuni soat 21:48 larda 10 sinf oʻquvchisi boʻlgan voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi BMW rusumli avtomashina urib yuborishi oqibatida hayoti uchun ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq 3 kun davomida shifokorlar nazoratida boʻlgan ichki ishlar organlari xodimi koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
“Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va koʻp sonli shaxsiy tarkibi Toshkent shahri IIBB JXX YHXB Yoʻl-patrul xizmati brigadasi 2-batalyoni 4-safarbar guruhi yoʻl-patrul xizmati inspektori kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar oʻgʻlining vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi”, deyiladi IIV xabarida.
Maʼlum qilinishicha, kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 2022-yildan ichki ishlar organlarida fidokorona xizmat qilgan. Uning ortidan qadrli ota-onasi, suyukli ayoli, 2 nafar oʻgʻil va 1 nafar qiz farzandlari qoldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring