Surxonni rivojlantirish Yangi Oʻzbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakdir — Shavkat Mirziyoyev

11:35 27 Fevral 2026 Siyosat
311 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha yigʻilish boshlandi.

“Surxondaryo nafaqat tabiati goʻzal zamin, balki ruhi baquvvat, gʻayrati baland, oriyati mustahkam insonlar yurtidir. Surxonni rivojlantirish Yangi Oʻzbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakdir”, dedi davlatimiz rahbari.

Oʻtgan davrda hududda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushdi. Xitoy, AQSH, Rossiya, Hindiston, Avstriya, Vengriya kabi davlatlar bilan investitsiya va savdo boʻyicha yana 10 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi.

Soʻnggi toʻqqiz yilda bogʻcha qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshdi, 23 ta yangi maktab qurildi, yana 448 tasi taʼmirlandi. Qoʻshimcha 102 ming oʻquvchi oʻrni yaratildi.

Bu davrda qurilgan 688 ta koʻp qavatli uyga 32 ming oila koʻchib oʻtdi. Angor, Boysun, Jarqoʻrgʻon, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi Oʻzbekiston” massivlari tashkil qilindi.

“Toʻpalang ombori suvidan foydalanish” loyihasi hisobiga Termiz shahri va 10 ta tumandagi 563 ming aholining ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?