Pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich toʻlovining bir qismi qoplab berilishi boʻyicha muhim savollarga javoblar
Maʼlumki Vazirlar Mahkamasining “Oliy malaka toifasiga ega boʻlgan pedagoglarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, zarur pedagogik ish stajiga ega oliy toifali pedagoglar uchun ipoteka krediti boshlangʻich badalining bir qismi qoplab berilishi haqida xabar berilgan edi.
Taʼlim nazorati Telegram-kanalida pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining bir qismi qoplab berish boʻyicha tugʻilishi mumkin boʻlgan muhim savollarga javoblar berildi.
Ushbu imtiyoz kimlarga beriladi?
- Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan, 60 yoshga toʻlmagan, 15-yillik ish stajga ega, oliy toifali (bosh oʻqituvchi);
- Ariza berilayotgan paytda rasman ishlayotgan boʻlishi shart.
Uyga va hududga qoʻyilgan talab?
- Faqat birlamchi kvartira (yaʼni yangi qurilgan koʻp qavatli uy) ga beriladi;
- Subsidiya ariza beruvchining doimiy yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Res, viloyatlar va Toshkent sh) doirasida qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi. Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda turadigan oʻqituvchi Toshkent viloyatidan ham olishi mumkin.
Nomida uyi borlarga ham beriladimi?
- Pedagog yoki uning turmush oʻrtogʻining nomida ikki yoki undan ortiq uyi boʻlsa ajratilmaydi. Oʻzi yoki turmush oʻrtogʻining nomidan uyi yoʻqlarga navbatda ustuvorlik beriladi;
- Subsidiya bir oila (eri yoki xotiniga)ga faqat bir marta beriladi.
Pedagogga qancha summa beriladi?
- Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning 25 foizi beriladi. Yaʼni ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal summasi ipoteka krediti limiti miqdoridan, eng koʻp foizlar doirasida ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori hisoblanadigan uy-joy qiymatining 15 foizi miqdorida aniqlanadi. Boshlangʻich badal nizom muvofiq aniqlanadigan boshlangʻich badal summasidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi talabgorning oʻz mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Qachon arizalar qabul qilish boshlanadi?
- Qarorda vazirliklarga tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish uchun bir oy muddat berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring